Turkiya Iroqqa insonparvarlik yordami yubormoqda

Iroq Turkman jabhasi rahbari Arshot Solih Iroqdagi qardoshlarini xuddi o’z xalqi bilan teng ko’rib, yordam qo’lini uzatgan Turkiyaga iroqlik turkmanlar nomidan cheksiz minnatdorlik bildirdi.

1444885
Turkiya Iroqqa insonparvarlik yordami yubormoqda

 

Turkiya Iroqqa insonparvarlik yordami yubormoqda.

“Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’anning tashabbuslari bilan yuborilayotgan tibbiy ashyolardan iborat insonparvarlik yordamlari shu kunlarda Iroq tomon yo’lga chiqadi. Turkiya doimo Iroq va u yerda yashovchi qardosh turkman elatiga madadkordir”,-dedi Turkiya prezidenti matbuot xizmati kotibi Ibrohim Kalin.

Iroq Turkman jabhasi rahbari Arshot Solih Iroqdagi qardoshlarini xuddi o’z xalqi bilan teng ko’rib, yordam qo’lini uzatgan Turkiyaga iroqlik turkmanlar nomidan cheksiz minnatdorlik bildirdi.

Shuningdek, global xatar – koronavirusga qarshi kurashishda Turkiyadan yuborilgan zarur tibbiy ashyolar vositasida Iroqda kasallanganlar sonida katta pasayish kuzatilishidan umidvorligini ma’lum qildi.


Tanlangan kalimalar: #insonparvarlik yordami , #Iroq , #Turkiya

Aloqador xabarlar