Bugun Anqarada prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an raisligida yig'ilish o'tkaziladi

Poytaxt Anqaradagi Prezidentlik saroyida bo'lib o'tadigan yig'ilishda koronavirus pandemiyasi tarqalishining oqibatlariga qarshi kurash va uning natijalari hamda mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar muhokama qilinadi.

1432541
Bugun Anqarada prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an raisligida yig'ilish o'tkaziladi

 

Turkiya prezidentlik boshqaruv kengashi bugun prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an raisligida to'planadi.

COVID-19 pandemiyasi tarqalishini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar doirasida shu kungacha videokonferensiya shaklida o'tkazilgan yig'ilish bugun yuzma-yuz bo'lib o'tadi.

Poytaxt Anqaradagi Prezidentlik saroyida bo'lib o'tadigan yig'ilishda koronavirus pandemiyasi tarqalishining oqibatlariga qarshi kurash va uning natijalari, terrorizmga qarshi kurash, mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar, jumladan Liviya qo'shinining Xaftar kuchlariga qarshi kurashi muhokama qilinadi.

 

 



Aloqador xabarlar