Turkiya 1- iyundan e’tiboran korona tufayli ko’rilgan cheklovlar bekor qilinadi.

Prezident Rajab  Tayyip Erdo’g'an, dunyo miqyosidagi qayta qurish jarayonida, Turkiya porlayotgan yulduz sifatida ajralib turib deya qayd etdi.

1425237
Turkiya 1- iyundan e’tiboran korona tufayli ko’rilgan cheklovlar bekor qilinadi.

 Prezident Rajab  Tayyip Erdo’g'an, dunyo miqyosidagi qayta qurish jarayonida, Turkiya porlayotgan yulduz sifatida ajralib turadi  deya qayd etdi.

Prezident Erdo’g'an videokonferensiya uslubida tashkil etilgan Vazirlar Mahkamasi yig'ilishidan keyin bayonotlar berdi.

So'nggi 2 yarim oylik yangi koronavirus (Kovid-19) tarqalishiga qarshi kurashda,5 yarim million fuqaroga tekin moliyaviy yordam berilganligini aytib o'tgan Erdog'an, kelgusi davrda fuqarolarni qo'llab-quvvatlashga davom etishlarini bildirdi.

"Biz fuqarolarimizni , qayerda bo'lishidan qat'i nazar, Mavritaniyadan Boliviyaga qadar biron bir mamlakatda yolg’iz tark etmaganmiz." Turkiyadan  tibbiy yordam so’ragan  135 davlatdan 100 tasiga ijobiy javob berilganligini ta'kidladi janob Erdo’g’an.

Epidemiya doirasida ko'rilgan ehtiyot choralari bilan epidemiyaga chalinganlar  soni kamayganiga e'tiborni qaratgan Prezident 1- iyun kuni ba'zi shaharlarga kirish taqiqlari bekor qilinishini, ma'muriy ta'til yoki moslashuvchan tartibda ishlayotgan  davlat xodimlarining ham xuddi shu kun yumushlarida bo’ladi deya e'lon qildi.

 Erdo’g’an, shu kuni restoran, kafe, plajlar, parklar, bog'lar, muzeylar, arxeologik joylar, kutubxonalar, bog'chalar va bolalar bog'chalari foydalanishga topshiriladi va yakka tartibdagi sport tadbirlari, ochiq konsertlar, dengiz sayohati va transportda cheklovlar oyning boshidan  e’tiboran tugaydi deya qayd

"Biz ba'zi komendantlik soatlarini bir muncha vaqt davom ettirsak foydali bo'ladi." dedi.

"Birdamlik, hamjihatlik va birodarlik  jonli ekan, bizni  porloq kelajak kutayotganiga chin dildan ishonamiz" dedi Erdog'an.

"Jahon miqyosidagi qaytadan  qurish jarayonining siyosiy va iqtisodiy jihatlari, biz Turkiyaning kelajagi yaxshiroq bo'lgan joyni anglay boshladik. Turkiya porlayotgan yulduz sifatida ajralib turadi" dedi.

 

 



Aloqador xabarlar