Turkiya Chad Respublikasiga gumanitar yordam yubordi

Insonparvarlik yordamlari Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’anning tashabbusiga binoan amalga oshirildi.

1424025
Turkiya Chad Respublikasiga gumanitar yordam yubordi

 

Turkiya koronavirus epidemiyasini bartaraf etishga ko’maklashish maqsadida Chad Respublikasiga gumanitar yordam yubordi.

Insonparvarlik yordamlari Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’anning tashabbusiga binoan amalga oshirildi.

Tibbiy mahsulotlardan iborat gumanitar yordam ortilgan samolyot Chad Respublikasiga yetib bordi.

Bu haqda Turkiya Milliy mudofaa vazirligining tvitterdagi sahifasida ma’lum qilindi.

Ma’lumotga ko’ra, kecha tongda poytaxt Anqaradan parvoz qilgan harbiy yuk samolyoti oqshom Chadga qo’ndi.

Gumanitar yordam mahsulotlari tarkibida infektsiyadan himoyalovchi steril tibbiy niqoblar, qo’lqoplar, virusdan himoyalovchi kombinezonlar, himoyalovchi ko’z oynaklar va boshqa tibbiy ashyolar o’rin olgan.

Turkiya shu kungacha jami 93 davlatga yordam qo’lini uzatdi. AQSh, Buyuk Britaniya, Ispaniya, Italiya, Bolqon davlatlari va Markaziy Osiyo davlatlari shular jumlasidandir.



Aloqador xabarlar