Kalin: “Hafterni qo‘llab-quvvatlaganlar Liviyadagi to‘qnashuvning noto‘g‘ri tomonida.”

Ibrahim Kalin, Liviyadagi oxirgi vaziyat haqida France 24 kanaliga intervyu berdi.

1423734
Kalin: “Hafterni qo‘llab-quvvatlaganlar Liviyadagi to‘qnashuvning noto‘g‘ri tomonida.”

Prezidentlik apparatining Matbuot xizmati kotibi Ibrahim Kalin, Fransiya va haligacha Hafterni qo‘llarb – quvvatlagan hammaning Liviyadagi to‘qnashuvning noto‘g‘ri tomonida ekanliklarini qayd etdi.

Ibrahim Kalin, Liviyadagi oxirgi vaziyat haqida France 24 kanaliga intervyu berdi.

To‘ntarishchi Hafterning Liviya xalqining qonuniy vakili emasligini belgilab o‘tgan Kalin, Hafterning Ko‘rfaz mintaqasi, Rossiya va boshqa bir necha mamlakatdan olgan yordami bilan Liviyadagi shiddatni avj oldirgani va mamlakatga azob berishni davom ettirganini bildirdi.  

Kalin, xalqaro huquq talablariga javob bergan Liviya Bosh vaziri Fayoz as – Sarroj hukumatining har doim konstruktiv muomalada ekanligini, o‘q uzishni to‘xtatgani va xalqaro hamjamiyat bilan birga kurashganini ta’kidladi.  

Liviyaga Sudan, Chad va Suriyadan yuborilgan pulli aksarlar bilan Rossiyaning Wagner Groupining (rus pulli askarlari) Hafter tomonida urushganiga e’tibor qaratgan Kalin,

“Bugungi kunda Hafterni qo‘llab – quvvatlaganlar bu yo‘lning muammoni hal qilmasligini va bunday davom etishining imkonsiz ekanligini tushunib yetdilar. Sarroj hukumati, bir necha marotaba muammoni harbiy yo‘llar orqali emas siyosiy yo‘llar orqali hal qilmoqchi ekanligini yetkazdi lekin ochiq – oydin o‘zlarini himoya qilish huquqiga egalar” deya gapirdi.   

Kalin, Fransiya va haligacha Hafterni qo‘llarb – quvvatlagan hammaning Liviyadagi to‘qnashuvning noto‘g‘ri tomonida ekanliklarini qayd etdi.


Tanlangan kalimalar: #Ibrahim Kalin , #Fayoz as-Sarroj , #Liviya , #Hafter

Aloqador xabarlar