Turkiya Somaliga tibbiy gumanitar yordam yubordi

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’anning tashabbusiga binoan amalga oshirilgan insonparvarlik yordamlari tarkibida nosilkalar, yotoq va choyshablar shuningdek, infektsiyadan himoyalovchi tibbiy niqoblar va boshqa ko'plab tibbiy preparatlar bor.

1410106
Turkiya Somaliga tibbiy gumanitar yordam yubordi

 

Turkiya Somaliga tibbiy gumanitar yordam yubordi.

Gumanitar yordamlar Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’anning tashabbusiga binoan amalga oshirildi.

Bu haqda Turkiya Milliy mudofaa vazirligining tvitterdagi sahifasida ma’lum qilindi.

Ma’lumotga ko’ra, Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’anning topshirig’iga binoan, Somaliga koronavirus epidemiyasini bartaraf etishga ko’maklashish maqsadida tibbiy mahsulotlardan iborat insonparvarlik yordami yuborildi.

Turkiya sog’liqni saqlash vazirligi hamda Turk hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi tomonidan tayyorlangan insonparvarlik yordamlari tarkibida nosilkalar, yotoq va choyshablar shuningdek, infektsiyadan himoyalovchi tibbiy niqoblar va boshqa ko'plab tibbiy preparatlar hamda tibbiy uskunalar o'rin olgan.

Ushbu tibbiy uskunalar ortilgan A400M harbiy yuk samolyoti kecha poytaxt Anqaradagi Etimesgut harbiy aeroportidan parvoz qilgandi.

Olingan ma’lumotga ko’ra, insonparvarlik yordamlari Somali poytaxti Mogadishuga yetib borgan.

Eslatish joizki, Turkiya bundan avval ham COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurashishda ko’maklashish maqsadida Somaliga tibbiy mahsulotlardan iborat gumanitar yordam yuborgandi.

 



Aloqador xabarlar