Turkiya Shimoliy Kipr Turk Respublikasi va Efiopiyaga koronavirusga qarshi kurashda ko’maklashadi

Erdo’g’an Shimoliy Kipr Turk Respublikasi bosh vaziri Ersin Tatar va Efiopiya bosh vaziri Abiy Ahmed Ali bilan telefon orqali muloqot qildi.

1398293
Turkiya Shimoliy Kipr Turk Respublikasi va Efiopiyaga koronavirusga qarshi kurashda ko’maklashadi

 

Turkiya Shimoliy Kipr Turk Respublikasiga koronavirusga qarshi kurashishda ko’maklashadi.

Bu haqda Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an ma’lum qildi.

Erdo’g’an Shimoliy Kipr Turk Respublikasi bosh vaziri Ersin Tatar bilan telefon orqali muloqot qildi.

Turkiya prezidenti huzuridagi Kommunikatsiya boshqarmasi ma’lum qilishicha, suhbat chog’ida Erdo’g’an Shimoliy Kipr Turk Respublikasiga ko’rsatilayotgan yordamlar koronavirusga qarshi kurashda ham davom etishini ma’lum qilgan.

Shuningdek, ikki yetakchi o’zaro munosabatlar va ahamiyatga molik dolzarb mintaqaviy o’zgarishlarni muhokama qildi.

Bundan tashqari, Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Efiopiya bosh vaziri Abiy Ahmed Ali bilan telefon orqali muloqot qildi.

Erdog’an muloqot chog’ida Efiopiyaga global tahlikaga aylanib borayotgan koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashda yordam taklif qildi.

Efiopiya bosh vaziri Abiy Ahmed Ali Erdo’g’anga minnatdorlik bildirdi.

“Prezident Erdo’g’anga biz bilan muloqoti munosabati bilan tashakkur aytmoqchiman. Koronavirusga qarshi kurash uchun tibbiy preparatlar yuborishini sabrsizlik bilan kutib qolamiz”,-deb yozgan Efiopiya bosh vaziri tvitterdagi sahifasida.

 



Aloqador xabarlar