Turkiya Liviyaga tibbiy gumanitar yordam yubordi

Gumanitar yordamlar Turkiyaning Liviyadagi Favqulodda va muhtor elchisi Serhat Aksen tomonidan Liviya milliy kelishuv hukumati sog’liqni saqlash vaziri o’rinbosari Muhammad Haysem Isoga topshirildi.

1396241
Turkiya Liviyaga tibbiy gumanitar yordam yubordi

 

Turkiya Liviyaga tibbiy gumanitar yordam yubordi.

Gumanitar yordamlar Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’anning tashabbusiga binoan amalga oshirildi.

Liviyaga koronavirus epidemiyasini bartaraf etishga ko’maklashish maqsadida yuborilgan tibbiy mahsulotlar Turkiyaning Liviyadagi Favqulodda va muhtor elchisi Serhat Aksen tomonidan Liviya milliy kelishuv hukumati sog’liqni saqlash vaziri o’rinbosari Muhammad Haysem Isoga topshirildi.

Turkiya elchisi Serhat Aksen pandemiyaga qarshi kurashda barcha davlatlar bir-biriga o’zaro yordam ko’rsatishi zarur ekanligini ta’kidladi.

“Turkiya do’st va qardosh Liviya xalqiga tibbiy mahsulotlardan iborat gumanitar yordam yubordi. Shu bilan doimo Liviya xalqini qo’llab quvvatlashini yana bir bor namoyon qildi”,-deb aytgan Turkiya elchisi Serhat Aksen.

Ayni vaqtda gumanitar yordamlarni topshirar ekan, Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’anning va turk xalqining Liviya xalqiga salomini yetkazdi.

Liviya milliy kelishuv hukumati sog’liqni saqlash vaziri o’rinbosari Muhammad Haysem Iso ham Turkiyaga ko’rsatgan yordamsevarligi uchun samimiy minnatdorlik bildirar ekan, “Turkiyani ko’rsatgan yordamlari uchun taqdirlayman. Liviya xalqi Turkiyadan minnatdor”,-dedi.

Gumanitar yordam mahsulotlari tarkibida infektsiyadan himoyalovchi bir martalik steril tibbiy niqoblar, himoyalovchi kombinezonlar, yuz uchun filtrlovchi niqoblar va boshqa ko'plab tibbiy preparatlar o'rin olgan.

Eslatish joizki, Turkiya o’tgan haftalarda Italiya va Ispaniyaga, shuningdek Bolqon davlatlari jumladan, Shimoliy Makedoniya, Chernogoriya, Serbiya, Bosniya-Gersegovina va Kosovaga ham tibbiy gumanitar yordam yuborgandi.


Tanlangan kalimalar: #koronavirus , #gumanitar yordam , #Turkiya

Aloqador xabarlar