O‘ktay xalqni, Milliy birdamlik kampaniyasini qo‘llab - quvvatlashga chaqirdi

Fuat O‘ktay xalqni, Prezident Erdo‘g‘an yetakchiligida boshlatilgan Milliy birdamlik kampaniyasini qo‘llab - quvvatlashga chaqirdi.

1388122
O‘ktay xalqni, Milliy birdamlik kampaniyasini qo‘llab - quvvatlashga chaqirdi

Vitse - prezident Fuat O‘ktay xalqni, Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an yetakchiligida boshlatilgan Milliy birdamlik kampaniyasini qo‘llab - quvvatlashga chaqirdi.

Fuat O‘ktay bu haqida ijtimoiy tarmoq Twitter orqali qoldirgan postini o‘z muammomizni o‘zimiz hal qilamiz degan ma’noda “bizbizeyeteriz” xeshtegi bilan bo‘lishdi.  

O‘ktay,

“Maqsadimiz ko‘rilgan chora - tadbirlar asosida qiyinchilikka duchor bo‘lgan fuqarolarimizga qo‘shimcha yordam berishlikdir. Fuqarolarimizning hammasini, ayniqsa ishbilarmonlarimizni kampanyani qo‘llab - quvvatlashga taklif qilamiz” dedi.

Xalqni ushbu kampaniyani qo‘llab - quvvatlashga Sog‘likni Saqlash vaziri Faxrettin Ko‘ja ham chaqirdi.

Sog‘likni Saqlash vaziri Twitterda bu haqida qoldirgan postida, kampaniyani qo‘llab - quvvatlamoqchi bo‘lganlar uchun bank hisob raqamini ham bo‘lishgan holda,

“Koronavirusga qarshi hammamiz bir xil imkonga ega emasmiz. Moddiy jihatdan yordamga muhtoj bo‘lganlarni qo‘llab - quvvatlaylik” degan ifodalarga o‘rin berdi.



Aloqador xabarlar