Gretsiya darvozalarining ochilishini kutgan muhojirlar mintaqani tark etdi

Yevropaga o‘tish maqsadida bir oydan beri Gretsiya chegarasida, chegara darvozalarining ochilishini kutgan muhojirlar mintaqani tark etdi.

1386237

Yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) epidemiyasi tufayli chodirlarda yashashning noto‘g‘ri ekanligi haqidagi ko‘z qarash, chegarada kutgan muhojirlar orasida ko‘pchilik tomonidan qo‘llab - quvvatlandi.

“Gretsiya chegara darvozalarini ochadi” degan umidini yo‘qotgan bir guruh muhojir mintaqani tart etmoqchi bo‘ldi.  

Muhojirlar bu haqidagi istaklarini Turkiyaning Edirne viloyatida joylashgan viloyat migratsiya idorasi xodimlariga yetkazdi.

Buning ortidan muhojirlar mintaqadan olinib, avtobuslar orqali 14 kun karantinada olib o‘tiriladigan mehmonxonalarga yuborildi.  

Aloqador xabarlar