Bir haftada 43 nafar terrorist ta’sirsiz holga keltirildi

Turk Qurolli kuchlarining terrorga qarshi kurashi mamlakatda bo‘lganidek, qo‘shni davlatlarda ham davom etmoqda.

2134598
Bir haftada 43 nafar terrorist ta’sirsiz holga keltirildi

Qo‘shni davlatlarda oxirgi bir hafta ichida olib borilgan harbiy amaliyotlar natijasida 43 nafar terrorist ta’sirsiz holga keltirildi.

Turkiya Respublikasi Milliy Mudofaa vazirligi tomonidan bir haftalik brifing uyushtirildi. Unda, Turk Qurolli kuchlarining terrorizmni o‘z manbasida yo‘q qilish strategiyasi doirasida qo‘shni davlatlarda uzluksiz va keng ko‘lamli harbiy amaliyot uyushtirgani ma’lum qilindi.  

Shunga ko‘ra oxirgi bir haftada 43 nafar terrorist ta’sirsiz holga keltirildi.

Shu tariqa, joriy yilning 1 - yanvaridan beri ta’sirsiz holga keltirilgan terroristlar soni 845 nafarga yetdi. Ulardan 376 nafari Iroq shimolida, 469 nafari esa Suriya shimolida qayd etildi.

Brifingda, terrorga qarshi kurashning qat’iy qaror bilan davom etishi ta’kidlandi.



Aloqador xabarlar