Turk Havo Yo’llari barcha xorij mamlakatlarga aviareyslarni to’xtatdi

Turk Havo Yo’llari milliy aviakompaniyasi 27 mart kunidan e’tiboran Nyu-York, Vashington, Hongkong, Addis Ababa va Moskvaga reyslardan tashqari, barcha xorij yo’nalishidagi reyslarni to’xtatishga qaror berdi.

1382826
Turk Havo Yo’llari barcha xorij mamlakatlarga aviareyslarni to’xtatdi

 

 

Turk Havo Yo’llari milliy aviakompaniyasi barcha xorij mamlakatlarga aviareyslarni to’xtatdi.

Dunyoni xavf ostiga solayotgan koronavirusga qarshi chora-tadbirlar tobora kuchaytirilmoqda.

Turkiyada olingan chora-tadbirlar doirasida jami 68 davlatga aviareyslar to’xtatilgandi.

Turk Havo Yo’llari milliy aviakompaniyasi 27 mart kunidan e’tiboran Nyu-York, Vashington, Hongkong, Addis Ababa va Moskvaga reyslardan tashqari, barcha xorij yo’nalishidagi reyslarni to’xtatishga qaror berdi.

 


Tanlangan kalimalar: #koronavirus , #THY , #Turkiya

Aloqador xabarlar