Koronavirus tarqalgan davlatlardagi Turkiya fuqarolari 18 martgacha Turkiyaga kirishi mumkin

Turkiyada koronavirusga qarshi kurash doirasida aviaqatnovlar to’xtatilgan 11 davlatda sayyoh yoki talaba sifatida yashab kelayotgan mamlakat fuqarolarining 18 martga qadar Turkiyaga kirishiga ruxsat beriladi.

1378376
Koronavirus tarqalgan davlatlardagi Turkiya fuqarolari 18 martgacha Turkiyaga kirishi mumkin

 

 

Turkiyada koronavirusga qarshi kurash doirasida aviaqatnovlar to’xtatilgan 11 davlatda sayyoh yoki talaba sifatida yashab kelayotgan mamlakat fuqarolarining 18 martga qadar Turkiyaga kirishiga ruxsat beriladi.

Turkiya transport va poydevor vazirligining yozma bayonotida, Turkiyadan Ozarbayjon, Gruziya, Germaniya, Ispaniya, Norvegiya, Fransiya, Avstriya, Daniya, Shvetsiya, Belgiya va Niderlandiyaga aviaqatnovlar 14 mart shanba kuni soat 08:00dan boshlab 17 aprel kuniga qadar to’xtatilganligi eslatildi.

Ushbu mamlakatlarda bo’lgan Turkiya fuqarolarining 17 mart seshanba kuni soat 24:00ga qadar 14 kunlik karantinga olinish sharti bilan Turkiyaga kirishiga ruxsat berilishi qayd etildi.

Shuningdek, Turkiyadan ushbu davlatlarga chiqish ham vaqtincha to‘xtatiladi. Shu bilan birga Germaniya, Ispaniya, Fransiya, Avstriya, Norvegiya, Daniya, Shvetsiya, Belgiya va Niderlandiya fuqarolarining Turkiyani tark etishlarini cheklash ko‘zda tutilmagan.

Turkiya tashqi ishlar vaziri o’rinbosari Yovuz Salim Kiranning ta’kidlashicha, aviaqatnovlar to’xtatilgan Yevropa davlatlaridagi turk talabalar va sayyohlar Turk Havo Yo’llari va unga tegishli aviakampaniyalar bilan aloqa o’rnatishi mumkin.

Turkiya Tashqi ishlar vazirligining konsullik aloqa markazi qoshida butun dunyodagi Turkiya fuqarolari uchun koronavirus bilan bog’liq uzluksiz xizmat (7 kun 24 soat) beradigan “yordam markazi” tuzildi.

Turkiya fuqarolari +90 312 292 29 29 aloqa raqamlari orqali ushbu markazga bog’lanishi va yordam so’rashi mumkin.

Vazirlik turli sabablar bilan xorijda bo’lgan Turkiya fuqarolarini vahima qilmasdan, sokinlik bilan harakat qilishga va gavjum joylardan uzoq turishga chaqirdi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #koronavirus

Aloqador xabarlar