Turkiya bilan Ozarbayjon o’rtasida viza muddati 30 kundan 90 kunga chiqarilmoqda

Bu haqda Turkiyaning Ozarbayjondagi favqulodda va muhtor elchisi Erkan O’zoral ma’lum qildi.

1367578
Turkiya bilan Ozarbayjon o’rtasida viza muddati 30 kundan 90 kunga chiqarilmoqda

 

Turkiya bilan Ozarbayjon o’rtasidagi viza muddati 30 kundan 90 kunga chiqarilmoqda.

Bu haqda Turkiyaning Ozarbayjondagi favqulodda va muhtor elchisi Erkan O’zoral ma’lum qildi.

Ma’lumotga ko’ra, Turkiya va Ozarbayjon o’rtasida savdoda o’zaro boj solig’i joriy etilgan. Bu holat ba’zi sohalarda Turkiya va Ozarbayjon tovarlarining raqobat kuchi kamayishiga sabab bo’lmoqda. Buni bartaraf etish uchun Imtiyozli savdo shartnomasi imzolandi.

Mazkur shartnoma tez kunlarda tasdiqlanishi va kuchga kirishi kutilmoqda.

Ushbu shartnoma ikki davlat o’rtasidagi tijoriy munosabatlarga katta hissa qo’shishi ko'zda tutilgan.

“Ikki davlat fuqarolari o’zaro bir-biriga 30 kunga qadar turist sifatida borib kelishi, sayohat qilishi mumkin. Bu muddatni 90 kunga chiqaramiz. Buning natijasida borish va kelish osonlashadi”,-deb aytgan Turkiyaning Ozarbayjondagi favqulodda va muhtor elchisi Erkan O’zoral.

 


Tanlangan kalimalar: #viza , #Ozarbayjon , #Turkiya

Aloqador xabarlar