Turkiya Idlibdagi nazorat nuqtalariga maxsus kuchlar brigadasi yubordi

Turk Qurolli kuchlari Suriyaning Idlib viloyatidagi nazorat nuqtalariga qo’shimcha tarzda maxsus kuchlar brigadasi yubordi.

1360016
Turkiya Idlibdagi nazorat nuqtalariga maxsus kuchlar brigadasi yubordi

Turk Qurolli kuchlari Suriyaning Idlib viloyatidagi nazorat nuqtalariga qo’shimcha tarzda maxsus kuchlar brigadasi yubordi.  

Turkiyaning turli mintaqalaridan yuborilgan maxsus kuchlarni tashigan 60 ta harbiy transportdan iborat bo’lgan harbiy karvon mamlakatning Hatay viloyatining Reyhanli tumaniga yetib bordi.

Zirhli personal tashuvchi transportlar ishtirokidagi karvon, keng ko’lamli xavfsizlik choralari ostida Idlibdagi kuzatuv nuqtalari tomon yo’l oldi.

Ushbu karvon chegara mahallasidan o’tar chog’ida harbiylar uchun Turk bayroqlari orqali hurmat ko’rsatib, mehr muhabbatlarini izhor etgan yosh bolalar bilan harbiylar ham esdalik uchun suratga tushdilar.

Shuningdek, karvonda signal to'xtatuvchisi harbiy transport vositalarining ham borligi e’tiborlarni o’ziga qaratdi.



Aloqador xabarlar