Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Pokistonga jo’nab ketdi

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an tashrif chog’ida Pokiston prezidenti Orif Alvi bilan uchrashadi.

1358653
Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Pokistonga jo’nab ketdi

 

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an bugun amaliy tashrif bilan Pokistonga jo’nab ketdi.

Erdo’g’an shaxsiy “TUR” samolyotida mahalliy vaqt bilan soat 10:00da Pokiston poytaxti Islomobodga tomon yo’l oldi.

Prezident Erdo’g’anga turmush o’rtog’i Emina Erdo’g’an, tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog’li, energetika va tabiiy manbalar vaziri Fotix Do’mez, hazina va moliya vaziri Berat Albayrak, savdo vaziri Ruhsor Pekjon, transport va poydevor vaziri Mehmet Jaxit Turxon, Turkiya Respublikasi prezidenti huzuridagi Kommunikatsiya boshqarmasi rahbari Fahriddin Altun va prezidentlik matbuot xizmati kotibi Ibrohim Kalin hamrohlik qilmoqda.

Turkiya Respublikasi prezidenti huzuridagi Kommunikatsiya boshqarmasi ma’lum qilishicha, Erdo’g’an Islomobodda bo’lib o’tadigan Turkiya-Pokiston oliy darajali strategik hamkorlik kengashining 6-sessiyasida ishtirok etadi. Mazkur yig’ilish Turkiya prezidenti Erdo’g’an bilan Pokiston bosh vaziri Imron Xon yetakchiligida bo’lib o’tadi.

Yig’ilishda Turkiya bilan Pokiston o’rtasidagi o’zaro munosabatlar ko’zdan kechiriladi, shuningdek ikki davlat o’rtasida hamkorlikni rivojlantirish uchun olib boriladigan faoliyatlar muhokama qilinadi.

Tashrif doirasida Turkiya-Pokiston biznes forumi o’tkaziladi, shuningdek turli sohalar bo’yicha shartnomalar imzolanadi.

Erdo’g’an tashrif chog’ida Pokiston prezidenti Orif Alvi bilan uchrashadi.

Ikki yetakchining uchrashuvida o’zaro munosabatlar ko’zdan kechirilishi, shu bilan birga mintaqaviy va xalqaro o’zgarishlar bo’yicha fikr almashilishi rejalangan.

Erdo’g’an ikki kun davom etadigan tashrif doirasida Pokiston Oliy majlisi va senatida nutq so’zlaydi.

 

 

 



Aloqador xabarlar