AQSh ma’muriyati shahid bo’lgan turk askarlari uchun Turkiyaga ta’ziya bildirdi.

Amerika qo’shma shtatlari (AQSh) ma’muriyati, Suriyaning Idlib hududida shahid  bo’lgan Turk askarlari uchun ta’ziya bildirar ekan, Turkiyaning  hujumlarga qarshi bergan qonuniy javobini qo’llab- quvvatlaganlarini bildirdi.

1352812
AQSh ma’muriyati shahid bo’lgan turk askarlari uchun Turkiyaga  ta’ziya bildirdi.

Amerika qo’shma shtatlari (AQSh) ma’muriyati, Suriyaning Idlib hududida shahid  bo’lgan Turk askarlari uchun ta’ziya bildirar ekan, Turkiyaning  hujumlarga qarshi bergan qonuniy javobini qo’llab- quvvatlaganlarini bildirdi.  

AQSh Davlat departamenti voizi Morgan Ortagus, Idlibda Suriya rejimi tomonidan ochilgan otishma natijasida  shahid bo’lgan  turk askarlari va mintaqadagi o'zgarishlar haqida  bergan yozma bayonotida.

"AQSh, Assad rejimi, Rossiya, Eron va Hizbullohning Idlib xalqiga qarshi doimiy, befarq va shafqatsiz hujumlarini qoralaydi “deya bildirdi.

Hujumlarda "Idlibda muvofiqlashtirish va keskinlikni kamaytirish uchun"   mavjud bo’lgan  turk askarlarining shahid bo’lganiga ishora qilib shunday dedi:

“ Bunday jinoyatlar qarshsida NATO ittifoqchimiz Turkiyaning yonida va shahida bo’lgan  Turk askarlari uchun Turkiya hukumatiga ta’ziya izhor  etamiz. Turkiya qonuniy  mudofaa haqi va “ o’zini o’zi himoya qilish  harakatini” to’liq qo’llab- quvvatlaymiz.

Biz bu masala bo'yicha Turkiya hukumati bilan fikr almashmoqdamiz."

Rossiya, Eron, Hizbulloh va Asad rejimi "barqarorlikni buzuvchi" harakatlari Suriyadagi sulhning oldini oldi va Suriyaning shimoliy qismiga ko'chirilgan yuz minglab Suriyalik uchun   "zudlik bilan  o’t ochishni " to’xtatishi  va gumanitar tashkilotlarga  jabrlanuvchilarning ehtiyojlarini qondirish  uchun  imkon berishga chaqirdi.

Milliy Mudofaa vazirligi, to'qnashuvlarning oldini olish uchun qo’shimcha kuch yuborgan  Turkiya qurolli kuchlari a'zolariga qarshi Suriya rejim kuchlari tomonidan havo hujumi  uyushtirilishi natijasida  8 nafar askar shahid bo’lganini e’lon qilgan edi.
 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Qo'llab- quvvatladi , #Ta'ziya , #Shahid , #Turkiy , #AQSh

Aloqador xabarlar