Falastin Davlat rahbari Mahmud Abbos Turkiyaga ta'ziya bildirdi

Falastin Davlat rahbari Mahmud Abbos zilzilada ko’plab insonlarning halok bo’lganligi munosabati bilan Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’anga va turk xalqiga chuqur ta’ziya izxor etdi.

1348172
Falastin Davlat rahbari Mahmud Abbos Turkiyaga ta'ziya bildirdi
abbas-erdogan.jpg

 

Turkiyada ro’y bergan kuchli zilziladan so’ng, Turkiyaga ko’plab davlatlardan ta’ziya maktublari kelmoqda.

Falastin Davlat rahbari Mahmud Abbos zilzilada ko’plab insonlarning halok bo’lganligi munosabati bilan Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’anga va turk xalqiga chuqur ta’ziya izxor etdi. Yaradorlarga shifo tilaklarini bildirdi.

Shimoliy Kipr Turk Respublikasi bosh vaziri Ersin Tatar esa, Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an, vitse-prezident Fuat O’ktay va ichki ishlar vaziri Sulaymon So’yluga qo’ng’iroq qilib, chuqur ta’ziya bildirdi va yordamga tayyor ekanligini ma’lum qildi.

“Kipr turk xalqi Turkiyadagi qardoshlarining qayg’usiga sherik. Zilzilada halok bo’lgan insonlarni Alloh o’z rahmatiga olgan bo’lsin! Yaradorlarning tezda sog’ayib ketishini so’raymiz. Kipr turk xalqi hamisha Turkiyaga madadkor. Har qanday yordamga tayyormiz”,-deydi Shimoliy Kipr Turk Respublikasi bosh vaziri Ersin Tatar o’z ta’ziyasida.

Turkiyadagi Tayvan elchixonasida iqtisodiy va madaniy ishlar bo’yicha maslahatchi Yaser Cheng ham Turkiya hukumatiga hamdardlik bildirdi. Shuningdek, Tayvan xalqining ta’ziya tilaklarini yetkazdi va zilziladan jabrlangan oilalarga yordam taklif qildi.

“Turkiyaga shoshilinch qutqaruv guruhi yuborishga tayyormiz. Qardoshlarimiz uchun qanday xizmat bo’lsa, iltimos bizga bildiring!”,-deb yozadi Yaser Cheng o’z ta’ziya maktubida.

 


Tanlangan kalimalar: #hamdardlik , #ta'ziya , #zilzila , #Turkiya

Aloqador xabarlar