Turkiyada ro’y bergan zilzila oqibatida qurbonlar soni 39 kishiga yetdi

Turkiyaning favqulodda vaziyatlar va tabiiy ofatlar bo‘yicha boshqarmasi  (AFAD) ma’lum qilishicha, Elazig'da taxminan 23 ming 507 nafar oila chodirlarda yashamoqda.

1348022
Turkiyada ro’y bergan zilzila oqibatida qurbonlar soni 39 kishiga yetdi
elazığ deprem 2.jpg
elazığ deprem 1.jpg

 

24 yanvar juma kuni Turkiyaning Elazig’ viloyatida ro’y bergan 6.8 bal zilzila oqibatida qurbonlar soni 39 kishiga yetdi.

Turkiyaning favqulodda vaziyatlar va tabiiy ofatlar bo‘yicha boshqarmasi  (AFAD) ma’lum qilishicha, zilziladan so’ng 1607 kishi shifoxonalarga yotkizilgan.

Hududda qutqaruv operatsiyasi qizg’in davom etmoqda.

Zilziladan so’ng 45 kishi vayronalar tagidan chiqarib olingan. Zilziladan jabrlangan aholi hukumat tomonidan ta’minlangan chodirlarda kun kechirmoqda. Taxminan 23 ming 507 nafar oila chodirda yashamoqda. Ularga oziq-ovqat tarqatilmoqda. Shuningdek, barcha zarur ehtiyojlari ta’minlanmoqda.

Ichki ishlar vaziri Sulaymon So’ylu, sog’liqni saqlash vaziri Fahriddin Xo’ja, atrof-muhit va obodonlashtirish vaziri Murat Kurum, Din ishlari boshqarmasi rahbari Ali Erbash zilzila sodir bo’lgan viloyatlarda tekshiruv olib bormoqda.

Jumhuriyat xalq partiyasi rahbari Kemal Kilichdarog’li zilzila talofatlarini bartaraf etish uchun butun Turkiyada safarbarlik davom etganligiga e’tibor qaratib, “Turk xalqi yaxshi kunda ham, qiyin kunda ham hamisha bir yoqadan bosh chiqarishini yana bir bor isbotladi”,-dedi.

Yaxshi partiya rahbari Meral Akshener ham zilzila sodir bo’lgan Elazig’ viloyatiga yetib keldi. U yerdagi vaziyat bilan tanishdi. Jabrlangan oilalar bilan uchrashdi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #zilzila , #Elazig' , #Turkiya

Aloqador xabarlar