Erdo'g'an va Putin Yaqin sharqdagi muammolarni tinch yo‘l bilan hal qilishga chaqirdi

Prezidentlar AQSh bilan Eron o‘rtasidagi keskinlikning kuchayishidan hamda uning Iroq uchun salbiy oqibatlaridan xavotirda ekanligini ma’lum qildilar.

1337743
Erdo'g'an va Putin Yaqin sharqdagi muammolarni tinch yo‘l bilan hal qilishga chaqirdi

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an hamda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Fors ko‘rfazi hududidagi barcha muammolarni faqat tinch yo‘l bilan xalqaro huquq normalari asosida hal qilishga chaqirdi.

Ma’lumki, kecha Istanbulda Erdo‘g‘an va Putin o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Prezidentlar “Turk oqimi” gaz quvurini ochish bilan birgalikda o‘zaro muzokaralarda Yaqin Sharqdagi vaziyatni ham muhokama qilishdi.

Qo’shma bayonotda “Turk oqimi” gaz quvuri xalqlarning o’zaro manfaatlariga xizmat qilishi, qolaversa mintaqaviy masalalarni hal qilishga ham hissa qo’shishi qayd etildi.

Prezidentlarning Eron bo‘yicha bayonotida ushbu mamlakatdagi vaziyatga tashqi xorijiy davlatlarning aralashuvi va bir tomondan harbiy harakatlar olib borilishiga qarshilik bildirilgan.

“Biz hamisha tashqi kuchlar aralashuviga va o‘zaro nizolarga qarshi bo‘lib kelganmiz. Shu tufayli, biz mintaqadagi ziddiyat pasayishi uchun harakat qilamiz va barcha tomonlarni tiyilishga, mulohazali bo‘lishga, faqatgina diplomatik vositalarni qo‘llashga chaqiramiz”,-deyiladi bayonotda.

Shuningdek, prezidentlar Rossiya va Turkiya AQSh bilan Eron o‘rtasidagi keskinlikning kuchayishidan hamda uning Iroq uchun salbiy oqibatlaridan xavotirda ekanligini ma’lum qildilar.

“Biz AQSh bilan Eron o‘rtasidagi keskinlikning kuchayishidan hamda uning Iroq uchun salbiy oqibatlaridan qattiq xavotirdamiz. Biz AQShning 3 yanvarda Bag‘dodda Eron Islom inqilobi muhofizlari “Al-Quds” korpusi qo‘mondoni Qosim Sulaymoniy va uning atrofidagi shaxslarga qarshi o‘tkazgan operatsiyasini mintaqadagi xavfsizlik va barqarorlikni izdan chiqaruvchi harakat deb baholaymiz”,-deyiladi bayonotda.

Prezidentlarning Suriya bo‘yicha bayonotida esa, davlat mustaqilligi, suveriniteti, siyosiy birdamligi va hududiy yaxlitligini saqlab qolishga sodiq ekanligi qayd etildi.

Liviya bo’yicha bayonotda esa, quyidagi ifodalarga o’rin berildi.

“Biz ushbu murakkab sharoitda va BMT xavfsizlik kengashi qarorlariga amal qilgan holda, tashabbus ko’rsatishga qaror qildik. Bu doirada vositachi davlatlar sifatida Liviyadagi barcha tomonlarni 12 yanvar kunining ilk daqiqalaridan e’tiboran, o’zaro o’t ochishni to’xtatishga, Tripoli va boshqa shaharlarda kundalik hayotni normallashtirish uchun sulh tuzishga, Liviya xalqining azobini tindirish va mamlakatda tinchlik-farovonlik o’rnatish maqsadida darhol muzokaralarni boshlashga chaqiramiz. Biz Liviya xalqining o’z ona vatanining taqdirini mustaqil hal qilishiga ishonamiz”,-deyiladi bayonotda.

 



Aloqador xabarlar