Preziden Erdo'!g'anMITning yangi binosi "KALE"ning xizmatga tushirish marosimida so'zga chiqdi.

Prezident Rajab  Tayyip Erdo’g'an, Turkiyaning Milliy razvedka tashkiloti (MIT) faoliyatlari bilan  dunyoning  har joyida harakat qilish imkoniga ega ekanini ta'kidladi.

1335654
Preziden Erdo'!g'anMITning yangi binosi "KALE"ning xizmatga tushirish marosimida so'zga chiqdi.
erdogan mit'in acilisi1.jpg
MIT'in yeni binasi KALE2.jpg
MIT'in yeni binasi KALE1.jpg
MIT'in yeni binasi KALE.jpg

Prezident Rajab  Tayyip Erdo’g'an, Turkiyaning Milliy razvedka tashkiloti (MIT) faoliyatlari bilan  dunyoning  har joyida harakat qilish imkoniga ega ekanini ta'kidladi.

Erdog'an, Anqaraning Etimesgut tumanidagi Bag’lija  dahasida  qurilgan MITning yangi binosi  "KALE"ning xizmatga tushirish  marosimida so'zga chiqdi.

Turkiya va dunyo krtik bir davrdan o’tayotgan shu paytda,  MITning himoyasiga har qachonkidan   yana ham ko’proq ehtiyoj bordir degan Erdo’g’an shunday davom etdi:

"Bizning jug'rofiyamizdagi mintaqaviy va global kuchlarning raqobati tufayli yuzaga kelgan murakkab va o'zgaruvchan vaziyat  qarshisida biz qo'llarimiz  bog’liq turolmaymiz" dedi.

Sharqiy o'rta yer dengizidagi sodir bo’lgan o'zgarishlarga kelsak, Erdo’g'an, "Sharqiy o'rta yer dengizida o’lkamizga qarashi tashkil etilgan  mintaqaviy ittifoqlar  va kuch  kurashning natijasi,  yaqin kelajagimiz uchun  katta ahamiyatga egadir " dedi u.

Erdo’g'an, shuningdek, Saudiya Arabiston  jurnalisti Jamol Qoshiqchining o'ldirilishini yoritishda MITning rolini tilga oldi.

"Bizning tashkilotimiz (MIT) Qoshikchi o'ldirilishini yoritishda tutgan o'rni, bu bizning mamlakatimiz yuzini xalqaro miqyosda oqartirishga qodir" deya qaydi.

Erdo’g'an, MIT, terror tashkiloti PKKning liderlar kadrlariga qarshi , Iroqning shimolidagi  operatsiyalar bilan  o’zini eng xafsiz his etgan yerlarni tashkilotning boshiga yiqib tashaladi dedi.

Erdo’g’an, MIT Liviyada o’z zimmasiga tushgan vazifalarni haqi bilan bajo keltirdi.

" Turkiya, MIT muvaffaqiyatli faoliyatlari bilan, hech bir o’lkaning yordamiga ehtiyoj his etmasdan  dunyoning har yerida harakat qilish qobiliyatiga erishdi “ deb qayd etdi.

Erdog'an boshchiligida Milliy Razvedka Muvofiqlashtiruvchi Kengashi tashkil qilinganligini aytgan Erdo’g'an, internet terrorchilar  va josuslar tomonidan samarali ishlatilayotgan bir paytda tashkilot kiberga  ko'proq e'tibor qaratishi muqarrar ekanligini ta'kidladi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar