Prezident Erdo'g'an barcha xristian olamini Rojdestvo bayrami bilan tabrikladi

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an barcha xristian olamini Rojdestvo bayrami bilan tabrikladi.

1328701
Prezident Erdo'g'an barcha xristian olamini Rojdestvo bayrami bilan tabrikladi

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an barcha xristian olamini Rojdestvo bayrami bilan tabrikladi.

Prezidentlik apparatining aloqalar bo’limi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko’ra Prezident Erdo'g’an mamlakatning xristian diniga mansub fuqarolarini 24-dekabr kungi Rojdestvo bayrami bilan muborak bot etgan.

Erdo'g’an bu haqida,

“Qadimiy tariximizga tayangan tajriba va ilhom bilan, tubimiz, irqimiz, mazhab va biz mansub bo’lgan dinimiz nima bo’lishidan qat’iy nazar barcha fuqarolarimizning o’z madaniyati, dini va an’analarini mustaqil ravishda yashay olishlariga alohida e’tibor berib kelmoqdamiz.

Xilma-xillikni boyligimiz deb qabul qilar ekanmiz bag'rikenglik, hurmat va adolat birlik va birdamligimizning asosidir. Tinch va totuv umr surib, mintaqada mushtarak kelajak yaratish masalasida qarorimizning qat’iy ekanligini davom ettiramiz.

Turli mazhab, an’ana va cherkovlarga mansub xristian fuqarolarimizning o’ziga xos ishonchlari asosida nishonlagan Rojdestvo bayramining birlik va bag’rikenglikning rivojlanishiga ijobiy hissa qo’shishini tilab, xristian fuqarolarimiz bosh bo’lish bilan birga butun xristian olamini bayrami bilan tabriklayman” degan ifodalarga o’rin bergan.

 


Tanlangan kalimalar: #Prezident Erdo'g'an , #Rojdestvo

Aloqador xabarlar