TİKA, Falastinlik hujumdan jabrlangan 100 oilaga yordam paketi tarqatdi.

Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi ( TİKA) Isroilning G’aza sohiliga uyushtirgan  so’nggi hujumlarida ziyon ko’rgan  Falastinlik 100 oilaga yordam paketi tarqatdi.

1314486

TİKA, G’azodagi Falastin ijtimoiy  rivojlanish vazirligining hamkorligi bilan bir ming 100 xonadonga, 500 oziq-ovqat  quti  500 yostiq, 300 sumka oshxona materiallari, 300 oshxona buyumi  va 300   pechka tarqatildi.

Hujum paytida uyi vayron bo'lgan Hammam Abu Shabab (70 yoshda) o'zi va oilasi bilan konteynerda yashashi kerakligini aytdi.

Shabab, konteynerda yashashning  juda qiyinligini tushuntirib,

"Biz Turk millatiga va musulmon mamlakatlarining vakili, Prezident Rajab Toyyib Erdo'g'anga Falastin xalqiga ko'rsatgan yordamlari uchun minnatdorchilik bildiramiz” deya qayd etdi.

Isroil armiyasi 12 noyabr kuni G'azoga "Islomiy Jihod" Harakatining harbiy qanoti bo'lgan Quddus Seriyyaning  yetakchi qo'mondonlaridan biri  bo’lgan Baho Abu Olaning uyida G'azoga hujum qilganidan keyin mintaqada keskinlik avj oldi.

Isroilning G'azoga qilgan hujumlarida 34 Falastinlik, 8 bola va 3 ayol halok bo'ldi va 110 kishi jarohat oldi.

Tanlangan kalimalar: #Yordam , #G'azo , #Falastin , #TİKA , #Turkiya

Aloqador xabarlar