Butun dunyoning muhojirlarga mehmondo’stlik qilishda Turkiyani o’rnak olishlari kerakligi aytilmoqda

Turkiyaning Bolalar huquqi bo'yicha viloyat qo'mitalarining hamraislari Beyza Kuchuk bilan Muhammed Aktash, BMTning Bosh assambleyasida uyushtirilgan tadbirda ishtirok etdi.

1310954
Butun dunyoning muhojirlarga mehmondo’stlik qilishda Turkiyani o’rnak olishlari kerakligi aytilmoqda

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar huquqi to'g'risidagi konventsiyasining 30-yilligi munosabati bilan tashkilotning Bosh assambleyasi minbaridan turib xalqaro hamjamiyatga xitob etgan ikki nafar turk farzandi, mamlakatlarning muhojirlarga mehmondo'stlik qilishda Turkiyani o’rnak olishlari kerakligini qayd etdi.

Turkiyaning Bolalar huquqi bo'yicha viloyat qo'mitalarining hamraislari Beyza Kuchuk bilan Muhammed Aktash, BMTning Bosh assambleyasida uyushtirilgan tadbirda ishtirok etdi.

Aktash, Bolalar huquqi shartnomasining qabul qilinishidan ancha avval yani 1924-yilning 23-apreli kuni o’z farzandlariga bayram armag’on etgan dunyoning yagona davlatining Turkiyaligini va o'zlarining mana shu ulkaning g’ururli farzandlari ekanligini belgilab o’tgan holda,

“Mazkur bayramni har yili dunyoning har nuqtasidan kelgan bolalar bilan bo’lishib, nishonlamoqdamiz” dedi.

Turkiyada bolalar huquqi masalasida yo’lga qo’yilgan faoliyatlar haqida gapirgan va har yili Xalqaro Bolalar kuni sifatida nishonlanayotgan 20-noyabr kuni Turkiyada ham Milliy Bolalar forumi uyushtirilganligi haqida aytgan Aktash, Turkiyadagi suriyalik muhojir bolalar uchun uyushtirilgan integratsiya dasturiga ham to’xtaldi.

Aktash,

“Dunyodagi butun davlatlardan suriyalik va boshqa muhojirlar uchun Turkiyadagidek mehmondo'stlik va mehr ko’rsatishlarini kutamiz” dedi.

Jamiyatlarning rivojlanish ko'rsatkichidagi asosiy mezonlardan birining bolalar huquqini hurmat qilishi ekanligini ta’kidlagan Aktash, dunyodagi barcha bolalarning ovqatlanish, boshpana, sevgi, rahm-shafqat, sog'liq, ta'lim kabi barcha insoniy ehtiyojlaridan kattalar javobgar ekanligini qayd etdi.  



Aloqador xabarlar