Terror tashkiloti YPG / PKK a'zolari patrul paytida provokatsiya qilishga harakat qildi.

Bo’lginchi terror tashkiloti YPG / PKK a'zolari Suriyaning shimolidagi Aynul Arab shahrida turk harbiylari bilan birgalikda patrullik qilayotgan rus harbiy transport vositalariga molotov kokteyli otish bilan provokatsiyani amalga oshirishga harakat qilis

1308879
Terror tashkiloti YPG / PKK a'zolari patrul paytida provokatsiya qilishga harakat qildi.

 Bo’lginchi terror tashkiloti YPG / PKK a'zolari Suriyaning shimolidagi Aynul Arab shahrida turk harbiylari bilan birgalikda patrullik qilayotgan rus harbiy transport vositalariga molotov kokteyli otish bilan provokatsiyani amalga oshirishga harakat qilishdi.

Aynul Arabda turk va rus harbiy unsurlari birgalikda patrul qilish paytida terror tashkiloti tarafdorlari zirhli transport vositalarga to’sqinlik qilishga urindi.

Tashkilot tarafdorlari  transport  oldiga toshlarni uloqtirish, beton to'siqlarni yo'lga  qo'yib, patrul ishlarini qo'zg'ashga harakat qilishdi.

YPG / PKK tarafdorlari Rossiyaning harbiy  transportidan birining orqasiga Molotov kokteylini tashladilar, vosita biroz  to’xtagan keyin  o’z  yo’liga davom etdi.

Tinchlik bulog’i  operatsiyasining boshlanishi bilan Suriyaning shimoliy aholi punktlarida fuqarolik kiyimida bo'lgan terrorchilar qo'shma patrul paytida provokatsiya qilishga uringani ma’lum bo’ldi.

8- noyabr kuni Rossiyaning Turkiya bilan qo’shma patrul o’tkazishi chog’ida  zirhli vositaga chiqishga uringan Provokatorlardan  birovi  yerga tushib ketib o’lgani iddao qilingan kishining  ijtimoiy tarmoqda  baham ko’rgan ma’lumotlarda  YPG/PKKlik bir terrorist ekanligi aniqlandi. Mazkur terrorist, fuqaro kiyimda Turkiya tuproqlarga otilgan zambaraklar  boshida  bo’lib bularga tartib solgan kishi ekanligi aniqlandi.

 


Tanlangan kalimalar: #molotov kokteyl , #Vosita , #Rus , #Patrul , #YPG/PKK

Aloqador xabarlar