Prezident Erdo'g'an bilan Donald Trump 13-noyabr kungi tashrif oldidan telefon orqali muloqat qildi

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an Amerika Qo’shma Shtatlari Davlat rahbari Donald Trump bilan telefon orqali muloqat qildi.

1301785
Prezident Erdo'g'an bilan Donald Trump 13-noyabr kungi tashrif oldidan telefon orqali muloqat qildi

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an Amerika Qo’shma Shtatlari Davlat rahbari Donald Trump bilan telefon orqali muloqat qildi.

Mazkur muloqat chog’ida o’zaro munosabatlardan tashqari mintaqaviy masalalar ham qo’lga olindi.

Prezidentlik apparatining aloqalar bo’limi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko’ra ikkala lider, AQSh Davlat rahbari Trumpning taklifiga binoan 13-noyabr kuni Vashingtonda uchrashuv o’tkazshini ham takror maqullab olganlar.

Prezident Erdo'g’an Twitter hisobidan AQSh Davlat rahbari Trump bilan bo’lgan muloqati haqida post qoldirdi.

O’zaro munosabatlardan tashqari mintaqadagi masalalarning qo’lga olinganligini eslatib o’tgan Prezident Erdo'g’an bu haqida,

“Telefon orqali mazmunli muloqat bo’lib o’tdi. Unda terrorizmga qarshi kurash va mamlakatlarimiz o’rtasidagi savdo rejalari bosh bo’lish bilan birga bir necha mavzuda biz olib boradigan faoliyatlarni baholadik. 13-noyabr kuni AQShga qaratilgan ziyoratimiz bilan birga bugun telefon orqali amalga oshirilgan muloqatning o’zaro munosabatlarimiz va mintaqaviy masalalar uchun hayrli natijalar tug’dirishiga ishonchim komil” dedi.  

Trump ese Twitter hisobida,

“Erdo'g’an menga to’qnashuv chog’ida qochganliklari aytilgan, ular orasida Abubakir al-Bog’dodiyning rafiqasi va singlisi ham o’rin olgan DEASh a’zolarining qo’lga tushirilganligini aytdi” degan ifodalarga o’rin berdi.  

Trump shuningdek Suriya chegarasi, terrorizmning yo’q qilinishi, YPG/ PKK va boshqa masalalarning qo’lga olinganligini belgilab o’tgan holda “Prezident Erdo'g’anni kelasi hafta 13-noyabr kuni Oq saroyda ko’rishlikni sabrsizlik bilan kutyapman” dedi.

 


Tanlangan kalimalar: #Prezident Erdo'g'an , #Donald Trump

Aloqador xabarlar