Iroqning shimolida PKK terror tashkilotiga a’zo 4 terrorist yo’q qilindi

Iroqning shimolidagi “Panja-3” deb nomlangan harbiy amaliyot doirasida PKK terror tashkilotiga a’zo 4 terrorist yo’q qilindi.

1295110
Iroqning shimolida PKK terror tashkilotiga a’zo 4 terrorist yo’q qilindi

Iroqning shimolidagi “Panja-3” deb nomlangan harbiy amaliyot doirasida PKK terror tashkilotiga a’zo 4 terrorist yo’q qilindi.

Milliy Mudofaa vazirligi tomonidan mavzu haqida yozma ravishda berilgan bayonotda, “Panja-3” deb nomlangan harbiy amaliyotning Iroqning shimolida rejalashtirilganidek muvaffaqiyatli ravishda davom etganligi, shu doirada PKK terror tashkilotiga a’zo terroristlar, qurol-yaroq, o’q-dori va boshpanalarni tekshiruv va ularni yo’q qilish faoliyatlarining olib borilayotganligi qayd etildi.

Maxsus topshiriqli kuchlar tomonidan Haftaninda kishlovga kirish uchun tayyorgarlik ko’rayotgan bir guruh terrorist aniqlanganligi qayd etilgan bayonotda, “taslim bo’l” chaqiruviga o’q uzish orqali javob bergan terroristlarga qarshi uyushtirilgan amaliyotda PKK terror tashkilotiga a’zo 4 terroristning yo’q qilinganligi ta’kidlandi.   

Bayonotda, mintaqada, amaliyotlarning oxirgi terrorist yo’q qilingunga qadar uzluksiz davom etishi ilova etildi.



Aloqador xabarlar