Istanbulda TRT World Forum-2019 o’z ishini boshladi

Mazkur forumning mavzusi – “Globallashuv inqirozi: Xavflar va fursatlar”.

1291655
Istanbulda TRT World Forum-2019 o’z ishini boshladi

 

Istanbulda madaniyat, siyosat va iqtisodning dolzarb muammolariga bag’ishlangan Uchinchi TRT World Forum-2019 o’z ishini boshladi.

Mazkur forumning mavzusi – “Globallashuv inqirozi: Xavflar va fursatlar”.

Istanbul kongress markazida ikki kun davom etadigan forum doirasida 10dan ortiq ochiq va yopiq muzokaralarning o’tkazilishi rejalashtirilgan.

Ushbu xalqaro forum Turkiya TIV rahbari Mavlud Chavushog’li ishtirokidagi anjuman bilan o’z faoliyatini boshladi.

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an ham forum doirasida “Globallashuvda ortga chekinish: Dunyo tartibining ta’siri” nomli maxsus anjumanda nutq so’zlaydi.

Kunimizdagi dunyoning eng muhim global muammolariga bag’ishlangan forumda butun dunyodan mahalliy va xorijlik yuzlab siyosatchilar, tadbirkorlar, akademiklar, faollar va ko’plab jurnalistlar ishtirok etishi nazarda tutilgan.

Forum doirasida o’tkaziladigan munozaralarda sobiq davlat rahbarlari, bosh vazirlar, vazirlar va akedamiklar ishtirok etadi.

Forumda “Ekstremizm, populizm va millatchilikning avj olishi”, “Savdo urushlari”, “Yevropa Ittifoqi kelajagi va rivojlangan kuchlarning hamkorligi” kabi bir qator mavzularda munozaralar bo’lib o’tadi.

Butun dunyoni yaqindan qiziqtiradigan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy mavzular muhokama qilinadigan muzokaralar quyidagilar;

“Globallashgan dunyoda shaxsiyat siyosatlari”, “Rivojlangan kuchlar uchun yangi ufqlar: Raqobatmi? Yoki hamkorlik?, “Otash liniyasida NATO: Yangi xavfsizlik tahdidlari”, “Terrorizmning yangi yuzi: Ashaddiy millatchilik”, “Keng qamrovli o’sish: Gumanitar diplomatiyani qayta isloh qilish”, “Yaqin sharqda o’zgargan muvozanatlar va mintaqaviy hamkorlik”, “Jamol Qoshiqchi jinoyati: Mintaqaviy geopolitikaning bir aks-sadosimi?”, “Kuchli boshqarish:Migratsiya inqirozi va Yevropa”…

 


Tanlangan kalimalar: #TRT , #forum , #TRT World Forum-2019

Aloqador xabarlar