Mirziyoyev iyunda Turkiyaga tashrif buyurishi kutilmoqda

Tashrif doirasida Prezidentlar raisligida Oliy darajadagi strategik hamkorlik kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

2140981
Mirziyoyev iyunda Turkiyaga tashrif buyurishi kutilmoqda

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘anning taklifiga binoan joriy yil Turkiyaga tashrif buyuradi. 

Tashrif joriy yilning iyun oyiga rejalashtirilgan. Tashrif doirasida Prezidentlar raisligida Oliy darajadagi strategik hamkorlik kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. 

Kecha, 1 may kuni O‘zbekistonga kelgan Turkiya Respublikasi vitse-prezidenti Javdat Yilmaz ham OAV bilan suhbatda O‘zbekiston-Turkiya strategik hamkorlik kengashining navbatdagi yig‘ilishi iyun oyida o‘tkazilishini tasdiqladi. 

Ma’lumot uchun, Shavkat Mirziyoyev so‘nggi bor Turkiyaga rasmiy tashrif bilan 2020 yilning fevral oyida borgan edi. Rajab Tayyip Erdo‘g‘an esa O‘zbekistonga rasmiy tashrifni 2022 yilning mart oyida amalga oshirgan. O‘tgan yillarda ikki davlat rahbarlari turli tadbirlar va xalqaro tashkilotlarning sammitlari bahonasida 10 ga yaqin uchrashuvlar o‘tkazgan. 


Tanlangan kalimalar: #Shavkat Mirziyoyev , #O'zbekiston , #Turkiya

Aloqador xabarlar