Turkiya Yaponiya hukumati va xalqiga hamdardlik bildirdi

“Yaponiyani qamrab olgan “Xagibis” to‘foni oqibatida ko’plab insonlarning halok bo’lganligidan chuqur iztirobdamiz. Halok bo’lganlarning yaqinlariga va yapon xalqiga chuqur ta’ziya izxor etamiz",-deyiladi bayonotda.

1287609
Turkiya Yaponiya hukumati va xalqiga hamdardlik bildirdi

 

Turkiya Yaponiyaning markaziy va sharqiy hududlariga yopirilgan “Xagibis” to‘foni oqibatida ko’plab insonlarning halok bo’lganligi munosabati bilan Yaponiya hukumati va xalqiga hamdardlik bildirdi.

Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vazirligi yozma bayonot berdi.

“Yaponiyani qamrab olgan “Xagibis” to‘foni oqibatida yuzaga kelgan sel va tuproq ko’chkilarida ko’plab insonlarning halok bo’lganligidan chuqur iztirobdamiz. Halok bo’lganlarning yaqinlariga va yapon xalqiga chuqur ta’ziya izxor etamiz. Yaradorlarga shifo tilaymiz”,-deyiladi bayonotda.

Yaponiyada sodir bo’lgan “Xagibis” to‘fonida qurbonlar soni 40 kishiga yetdi. Taxminan 100 kishi yaralandi. Bedarak yo’qolgan 17 kishi qidirilmoqda.

To‘fon shanba kuni mahalliy vaqt bilan soat kechqurungi 7da Tokio shahriga yetib kelgan va shimolga tomon harakatlana boshlagan. To‘fon markazida shamol tezligi soatiga 225 kilometrgacha ko’tarilgan. 7 milliondan ortiq kishi suv toshqinlari xavfi va ko‘chkilar haqidagi ogohlantirishlar tufayli o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘lgan.

 



Aloqador xabarlar