Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an ertaga Ozarbayjonga safar qiladi

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining VII sammitida ishtirok etadi.

1287162
Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an ertaga Ozarbayjonga safar qiladi

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining VII sammitida ishtirok etish maqsadida ertaga Ozarbayjon poytaxti Bakuga jo’nab ketadi.

Turkiya, Ozarbayjon, Qozog’iston va Qirg’iziston tomonidan Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining tuzilishiga doir 2009 yil 3 oktyabrda imzolangan Nahchivan shartnomasining 10 yilligiga to’g’ri kelgan sammit O’zbekistonning ham tashkilotga to’liq a’zo bo’lishi munosabati bilan o’zgacha ahamiyat kasb etadi.

Sammitda Turkiy kengashga a'zo davlatlar rahbarlarining O‘zbekiston Respublikasining to‘la huquqli a'zo sifatida tashkilotga qo‘shilishi to‘g‘risida Qo‘shma bayonoti qabul qilinadi.

Shuningdek, o’tgan yili o’tkazilgan sammitga kuzatuvchi mamlakat sifatida ishtirok etayotgan Vengriya poytaxti Budapeshtdagi Turkiy kengashning Yevropadagi vakolatxonasiga doir hujjatlar ham Bakuda qabul qilinadi.

Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya, O‘zbekiston, kuzatuvchi mamlakat sifatida ishtirok etayotgan Vengriya hamda Turkmaniston delegatsiyalari rahbarlari Turkiy kengash doirasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni mustahkamlash va kengaytirishga qaratilgan  masalalarni muhokama qiladilar.

Qolaversa, sammitda Turkiy kengash bilan hamkorlik qilayotgan Turkiyzabon davlatlar parlament Assambleyasi (TURKPA), Xalqaro turk madaniyati tashkiloti (TURKSOY), Turk akademiyasi, Turk madaniyat va meros fondi hamda Turk sanoat va savdo palatasi o’rtasida aloqani mustahkamlaydigan Turkiy kengash koordinatsion qo’mitasining tashkil etilishiga doir qaror qabul qilinishi ko’zda tutilmoqda.

Sammit yakunida Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi yettinchi sammitining deklaratsiyasi qabul qilinadi.

Darvoqe, sammitda turk dunyosining oqsoqoli, Qozog’iston Respublikasi prezidenti, yurtboshi Nursulton Nazarboyevga “Turkiy kengashning sharafli rahbari” unvoni beriladi.

Prezident Rajap Tayyip Erdo’g’an Bakuga tashrifi doirasida sammitda ishtirok etadigan delegatsiyalar rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.

Erdo’g’an 15 oktyabr seshanba kuni Ozarbayjonga tashrifini yakunlaydi.

 



Aloqador xabarlar