Stoltenberg:"Turkiya chegaralari xavfsizligidan xavotirlanishda haqli..."

NATO bosh kotibi Jens Stoltenberg ertaga Turkiyaga rasmiy ziyorat amalga oshiradi.

1285371
Stoltenberg:"Turkiya chegaralari xavfsizligidan xavotirlanishda haqli..."

 

NATO bosh kotibi Jens Stoltenberg Turkiya chegaralari xavfsizligidan xavotirlanishda haqli ekanligini ma’lum qildi.

Stoltenberg terror guruhlarini Suriya shimolidagi hududlardan siqib chiqarish, janubiy chegara hududlarida rejalangan terror liniyasini yo’q qilish, “xavfsiz hudud” tashkil etish va mintaqada tinchlik-farovonlik o’rnatish maqsadida harbiy operatsiya boshlatilganligi to’g’risida NATOga ma’lumot berilganligini tasdiqladi.

“Turkiya chegaralari xavfsizligidan xavotirlanishga haqli. Dahshatli terror hujumlariga duch keldi. Qolaversa, Turkiya ayni vaqtda millionlab qochqinga boshpana berib kelmoqda”,-deb aytgan NATO bosh kotibi.

U harbiy operatsiya bilan bog’liq “Turkiyaning ehtiyotkorlik bilan harakat qilishiga, faoliyatlarini me’yoridan oshirmasligiga ishonaman”,-deya ilova qilgan Stoltenberg.

Eslatish joizki, NATO bosh kotibi Jens Stoltenberg ertaga Turkiyaga rasmiy ziyorat amalga oshiradi.

U tashrifi chog’ida prezident Rajap Tayyip Erdo’g’an bilan uchrashadi.



Aloqador xabarlar