Erdo'g’an Turkiyaning nima uchun Suriyada ekanligi masalasiga aniqlik kiritdi

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an, Suriyada tashkil etilishi rejalashtirilgan xavfsiz hudud masalasida Turkiyaning bundan buyon bir kun ham kutolmasligini qayd etdi.

1279870
Erdo'g’an Turkiyaning nima uchun Suriyada ekanligi masalasiga aniqlik kiritdi

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an, Suriyada tashkil etilishi rejalashtirilgan xavfsiz hudud masalasida Turkiyaning bundan buyon bir kun ham kutolmasligini qayd etdi.

Prezident Erdo'g’an Turkiya Buyuk Millat Majlisining kuzgi sessiyasining birinchi yig’ilishida majlis a’zolariga xitob etdi.

O’z xitobida Suriya inqiroziga to’xtalgan Erdo'g’an,  

Suriya inqirozi davom etganligi bois haligacha chegaramizda jon saqlagan 3 million 650 ming mehmonimiz yo’l ochgan iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy sinovlarni albatta ko’rib turibmiz. Bunday yukni yelkasida ko’tara oladigan va uzoq vaqtgacha boshqara oladigan dunyoda Turkiyadan boshqa mamlakat yo’qligini bilamiz. Shunga qaramay millionlab muhojirni umrbod tuprog’imizda mehmon qilishni davom ettirish niyatimiz yo’q” dedi.  

Prezident Erdo'g’an,

“Qariyb 8 yildan beri yurtimizda jon saqlagan insonlarning aslida o’z uy-joylari va vatanlari bor. Shuning uchun ham niyatimiz ularning tez kunlarda o’z yurtiga qaytib, xavfsiz hayot surishidir. Bu masalaga bir necha marotaba xalqaro hamjamiyatni undadik” degan ifodalarga o’rin berdi.

Bugungacha xavfsiz hududga aylantirilgan joylarga qaytgan suriyalik sonining 360 mingga yetganligini ta’kidlagan Erdo’g’an,

“Suriyadaligimizning yagona sababi shundaki, chegaralarimizni nishonga olgan terror tahditlari, yurtimizdagi suriyaliklarning o’z yurtiga qaytishlariga ham to’siqlik qilmoqdadir. Turkiya bundan buyon bir kun ham kutolmaydi. Shunday ekan o’z yo’limizni davom ettirishdan boshqa choramiz yo’q. Manbij doxil Firot daryosining Iroq chegarasigacha 30 kilometr teranglikda biz tashkil etmoqchi bo’lgan xavfsiz hududda 2 million (1 millioni yangi, 1 millioni mavjud hududda) kishini joylashtirishni rejalashtirmoqdamiz” deya gapirdi.  

 



Aloqador xabarlar