Turkiya qishloq-xo’jaligi va o’rmon vaziri Bakir Pakdemirli Burkina Fasoga safar qildi

Bakir Pakdemirli Burkina Faso prezidenti Roch Christian Kabore va bosh vazir Christophe Joseph Marie Dabire tomonidan qabul qilinadi.

1279575
Turkiya qishloq-xo’jaligi va o’rmon vaziri Bakir Pakdemirli Burkina Fasoga safar qildi

 

Turkiya qishloq-xo’jaligi va o’rmon vaziri Bakir Pakdemirli Burkina Fasoga safar qildi.

U Turkiya-Burkina Faso qo’shma iqtisodiy komissiyasi majlisida ishtirok etadi va o’zaro uchrashuvlarni amalga oshiradi.

Ma’lumotga ko’ra, Bakir Pakdemirlining tashrifi 1-4 oktyabr kunlari amalga oshiriladi.

Turkiya-Burkina Faso qo’shma iqtisodiy komissiyasi majlisi Bakir Pakdemirli va Burkina Faso tashqi ishlar vaziri Alpha Barry raisligida bo'lib o'tadi.

Majlisda qishloq-xo'jaligi, chorvadorchilik, o'rmon va suv ishlari, turizm, salomatlik, ta'lim, transport, sanoat, meteorologiya va boshqa bir qator sohalarda yaqindan hamkorlikni yo'lga qo'yish masalasi muhokama qilinadi.

Shuningdek, Bakir Pakdemirli va Burkina Faso sanoat, savdo va qo'l san'atlari vaziri Harouna Kabore raisligida davra suhbati o'tkaziladi.

Turkiya qishloq-xo’jaligi va o’rmon vaziri Bakir Pakdemirli Burkina Faso prezidenti Roch Christian Kabore va bosh vazir Christophe Joseph Marie Dabire tomonidan ham qabul qilinadi.

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Bakir Pakdemirli , #Burkina Faso , #Turkiya

Aloqador xabarlar