Arshot Solihiy:"Turkiya Iroqqa yordam qo'lini uzatgan yagona davlat"

"Turkiya doimo Iroqning hududiy yaxlitligini himoya qilib kelgan. Bu iroqliklarga har doim dalda beradi",-deb aytgan Iroq turkman jabhasi raisi Arshot Solihiy.

1279024
Arshot Solihiy:"Turkiya Iroqqa yordam qo'lini uzatgan yagona davlat"

 

 

Iroq turkman jabhasi raisi Arshot Solihiy Turkiya Iroqning hududiy yaxlitligini himoya qilishi iroqliklarga katta dalda bo'lganligini ma'lum qildi.

Turkiyaning Erbildagi konsuli Hakan Karachay bilan uchrashuv o'tkazgan Arshot Solihiy muhbirlarga intervyu berdi.

"Turkiya doimo Iroqning hududiy yaxlitligini himoya qilib kelgan. Bu iroqliklarga har doim dalda beradi",-deb aytgan Iroq turkman jabhasi raisi Arshot Solihiy.

Uning ta'kidlashicha, Turkiya Iroqqa yordam qo'lini uzatgan yagona davlat. Nafaqat gumanitar yordam jihatidan, balki yaradorlarni davolash jihatidan ham iroqliklarga o'z eshiklarini ochib kelgan.

Turkiyaning Erbildagi konsuli Hakan Karachay Iroq turkman jabhasi raisi Arshot Solihiy bilan bir qator dolzarb mavzular haqida fikr almashdi.

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Iroq turkman jabhasi , #Iroq , #Turkiya

Aloqador xabarlar