Prezident Erdo’g’an, “Adolatning yo’qligi, kuch ishlatishlarga yo’l ochmoqda”.

Prezident Rajap Tayyip Erdo’g’an Nyu-Yorkda, BMT Bosh Assambleyasining 74-sessiyasida so'zlagan nutqida, bugungi kunda dunyoda yuz berayotgan bir necha dolzarb masalaga e'tibor qaratdi.

1275703
Prezident Erdo’g’an, “Adolatning yo’qligi, kuch ishlatishlarga yo’l ochmoqda”.

Prezident Rajap Tayyip Erdo’g’an, dunyoda adolatning yo’qligini buning natijasining esa kuch ishlatishlarga yo’l ochganligini qayd etdi.

Erdo’g’an AQShning Nyu-York shahrida uyushtiriladigan BMT Bosh Assambleyasining 74-sessiyasida ishtirok etar ekan unda nutq so’zladi.

O’z nutqida soni jihatidan ozchilikni tashkil etsa ham omadli insonlar robotlar ustidan fikr yuritar ekan 1 milliondan ortiq insonning ochlik va qashshoqlik chegarasidan past shart-sharoitda umr surayotganligini eslatib o’tgan Erdo’g’an, dunyo aholisining bir qismi hashamatli sharoit ichida yashar ekan, ikkinchi qismining qashshoqlik bilan olishayotganligi va buning qabul qilinmay turgan darajada achinarli vaziyatligini qayd etdi.

“Dunyo beshdan katta emasdir” degan shiorini takrorlagan Prezident Erdo’g’an,

“Ham ongimizni, ham qoidalarimizni o’zgartirishning vaqti keldi” degan ifodalarga o’rin berdi.

Prezident Erdo’g’an mazkur nutqida Suriya inqirozi va muhojirlar muammosini hal qilishlik, irqchilik, islomofobiya va terrorga qarshi xalqaro miqyosda kurash olib borish, mustaqil Falastin davlatining tashkil etilishi kerkaligi, Sharqiy O’rta yer dengizi muammosidagi yondashuvlarning adolatsizligi, kashmirliklarning qamaldan qutqarilib kelajaklarining xavfsizlik ostiga olinishi kabi bugungi kundagi bir necha dolzarb masalaga e'tibor qaratdi. 

Yangi Zelandiyada musulmonlarni nishonga olgan hujum yuz bergan 15-martning, “Islom dushmanligiga qarshi birlik va birdamlik kuni” deb e’lon qilinishini taklif qilgan Erdo’g’an, Turkiyaning BMT Bosh assambleyasining navbatdagi yetmish beshinchi sessiyasiga raislik qilish vazifasini Turkiya Respublikasining sobiq Yevropa ittifoqi masalalari bo’yicha vaziri, Turkiya Buyuk Millat Majlisining Tashqi xizmati komissiyasi raisi va elchi Volkan Bozkırni nomzod etib ko’rsatganliklarini ham o’z nutqiga ilova etdi.

Erdo’g’an so’zlari yakunida,

Hamma uchun tinchlik, hamma uchun erkinlik, hamma uchun farovon hayot, hamma uchun adolat, hamma uchun tinch-totuv va xavfsiz kelajak” degan tilaklar bilan tamomladi.



Aloqador xabarlar