Turkiyaning Nusaybin tumanida PKK a’zolaridan 2 terrorist qo’lga tushirildi

Turkiyaning Mardin, Shirnak va Batman viloyatlarida PKK terror tashkilotini nishonga olgan va 27-avgust kuni boshlatilgan harbiy amaliyot davom etmoqda.

1261522
Turkiyaning Nusaybin tumanida PKK a’zolaridan 2 terrorist qo’lga tushirildi

PKK terror tashkilotiga qarshi Turkiyaning 3 ta viloyatida olib borilgan harbiy amaliyot doirasida mamlakatning Mardin viloyatining Nusaybin tumanida Suriyadan hujum uyushtirish uchun yuborilganligi aniqlangan PKK terror tashkilotining Suriyadagi qanoti YPG/ PYD terror tashkiloti a’zolaridan 2 terrorist qo’lga tushirildi.

Mardin, Shirnak va Batmanda PKK terror tashkilotini nishonga olgan va 27-avgust kuni boshlatilgan harbiy amaliyot davom etmoqda.

Mardin shahar hokimligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko’ra shu doirada Viloyat Jandarmeriya qo’mondonligi va Milliy Razvedka tashkiloti a’zolari Nusaybin tumanining Kirsal Akarsu mahallasida amaliyot olib bormoqda.

“Yurtimizga Suriyadan hujum uyushtirish uchun yuborilganligi aniqlangan PKK terror tashkilotining Suriyadagi qanoti YPG/ PYD terror tashkiloti a’zolaridan 2 terrorist qo’lga tushirildi” degan ifodalarga o’rin berilgan bayonotda, mintaqa xalqining ko’magi bilan tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash maqsadida viloyatda terror tashkilotiga qarshi kurash doirasida olib borilgan faoliyatlar qarorlilik bilan davom etayotganligi qayd etildi.

 



Aloqador xabarlar