Hakkaridagi harbiy amaliyotda yo’q qilingan terroristlar soni 4 nafarga yetdi
Turkiyaning terroristlarga qarshi kurashi Turkiyada ham, chet elda ham uzluksiz davom etmoqda.
1251642
![Hakkaridagi harbiy amaliyotda yo’q qilingan terroristlar soni 4 nafarga yetdi](http://cdn.trt.net.tr/images/xlarge/rectangle/d030/86a4/d005/5d51024d37ad5.jpg?time=1718890916)
Turkiyaning Hakkari viloyatining Yuksekova tumanida viloyat jandarmeriya qo’mondonligi tomonidan uyushtirilgan harbiy amaliyotda yo’q qilingan terroristlar soni 4 nafarga yetdi.
Ichki ishlar vazirligi tomonidan mavzu haqida yozma ravishda berilgan bayonotga ko’ra Hakkarining Yuksekova tumanida viloyat jandarmeriya qo’mondonligi tomonidan uyushtirilgan harbiy amaliyot davom etmoqda.
Unda, 4 terrorist yo'q qilingan.
Shu doirada xavfsizlik kuchlari tomonidan M-16 va AK-47 rusumidagi piyodalar miltig'i, 100 ta o’qdon, 3 ta granata, 2 ta soyabon, durbin, yon daftarcha va SD kart ham qo’lga kiritilgan.
Mintaqadgi amaliyot davom etmoqda.