Bularni bilasizmi 31-qism

Janubi-sharq Onado’luning eng gavjum shaharlaridan biri bo’lgan Shanliurfaning “Payg’ambarlar shahri” degan nomi ham tanilganligini bilarmidingiz?

1248276
Bularni bilasizmi 31-qism

Janubi-sharq Onado’luning eng gavjum shaharlaridan biri bo’lgan Shanliurfaning “Payg’ambarlar shahri” degan nom bilan ham tanilganligini bilarmidingiz?

Shanliurfaning qurilish tarixi, judayam qadimga borib taqaladi. Uchta samoviy dinda nomi tilga olingan payg’ambarlar huddi mana shu yerda istiqomat qilgani bois ham “Payg’ambarlar shahri” deb atalib qolgan. Mashhur arab tarixchilaridan biri Abul Farachning qayd etishicha, Nuh To'fonidan keyin yer yuzida asos solingan birinchi yettita turar-joy markazlaridan birinchi va eng muhimidir.

Shuningdek bu hududda Odam hazratlarining dehqonchilik qilganligi, Ibrohim hazratlari, Ayyub Hazratlari, Shuoyib hazratlari, Alyosa hazratlari, Lut hazratlari kabi payg’ambarlarning ham umr surganligiga bo’lgan ishonch bor. Hazrati Isoning ro’molchasi Shanliurfada topilgani uchun mintaqaga xristianlar ham alohida e’tibor berib kelmoqda.



Aloqador xabarlar