Turkiya Qurolli kuchlari Iroq shimolidagi terror ob'yektlariga zarba berdi

Aviazarbalarda terror tashkiloti PKKga a’zo 4 nafar jangari yo’q qilindi.

1231857
Turkiya Qurolli kuchlari Iroq shimolidagi terror ob'yektlariga zarba berdi

 

Turkiya Qurolli kuchlari Iroq shimolidagi Zap va Gara hududida aniqlangan terror ob’yektlariga zarba berdi.

Aviazarbalarda terror tashkiloti PKKga a’zo 4 nafar jangari yo’q qilindi.

Bu haqda milliy mudofaa vazirligi bayonot berdi.

“Panja harbiy amaliyoti doirasida Iroq shimolidagi Zap va Gara hududlarida harbiy amaliyot o’tkazildi. Amaliyot davomida PKKga oid boshpanalar, o’q-dori omborlari yo’q qilindi. 4 jangari o’ldirildi”,-deyiladi bayonotda.

Shuningdek, kecha Turkiyaning Shirnak viloyatida ikki jangari o’ldirildi.

Ulardan biri 3-kategoriyada qidirilayotgan terror tashkilotining Gabardagi yetakchilaridan M. Shirin Arslon ismli jangari ekanligi aniqlandi.

 

 

 



Aloqador xabarlar