Turkiya Efiopiyaning Amxar shtatida sodir etilgan davlat to‘ntarishiga urinishni qoraladi

“Efiopiyaning Amxar shtatidagi davlat to‘ntarishiga urinish va Amxar shtati rahbarining o‘ldirilishiga olib kelgan to’ntarishni qat’iyan qoralaymiz”,-deyiladi bayonotda.

1224000
Turkiya Efiopiyaning Amxar shtatida sodir etilgan davlat to‘ntarishiga urinishni qoraladi

 

Turkiya Efiopiyaning Amxar shtatida sodir etilgan davlat to‘ntarishiga urinishni qoraladi.

Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vazirligi yozma bayonot berdi.

“Efiopiyaning Amxar shtatidagi davlat to‘ntarishiga urinish va Amxar shtati rahbarining o‘ldirilishiga olib kelgan to’ntarishni qat’iyan qoralaymiz”,-deyiladi bayonotda.

Shuningdek, Efiopiya armiyasi bosh shtabi boshlig‘i Seare Mekonnenning Amxardagi isyonni bostirish chog‘ida o‘z tansoqchisi tomonidan otib o‘ldirilganligi munosabati bilan hamdardlik bildirildi.

“Do’st Efiopiya xalqi va hukumatiga chuqur ta’ziya izxor etamiz”,-deyiladi bayonotda.

“Turkiya xalq tomonidan saylangan hukumat rahbarlarining noqonuniy yo’llar bilan to’ntarilishiga doir barcha urinishlarni qat’iyan qoralaydi. Ushbu davlat to‘ntarishiga urinishga qarshi Efiopiyani to’liq qo’llab quvvatlaymiz”,-deya ilova qilinadi bayonotda.

Eslatma: Kecha oqshom Efiopiya shimolidagi Amxar shtatida bir guruh qurolli kishilar tomonidan davlat to‘ntarishiga urinish sodir etildi.

Davlat to‘ntarishiga urinishni to‘xtatish vaqtida yuqori martabali harbiy amaldor, shuningdek Amxar shtati hukumati boshlig‘i hamda uning katta maslahatchisi halok bo‘ldi.

 



Aloqador xabarlar