Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog’li Eronga tashrif buyurdi

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog’li Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif bilan Isfaxon shahrida uchrashdi.

1222597
Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog’li Eronga tashrif buyurdi

 

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog’li Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif bilan Eronning Isfaxon shahrida uchrashdi.

Shuningdek, Mavlud Chavushog’li va Muhammad Javod Zarif boshchiligida hay’atlararo uchrashuv bo’lib o’tdi.

So’ngra, vazirlar o’rtasida o’zaro, mintaqaviy va xalqaro mavzularda maslahatlashuvni rivojlantirish, bu doirada hamkorlikni yana-da faollashtirish maqsadida hujjat imzolandi.

Yig’ilishdan so’ng, Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif tomonidan Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog’li sharafiga ziyofat berildi.

Eslatma: Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog’li kecha 20 iyun kuni Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarifning taklifiga binoan Eronga safar qilgan edi.

 


Tanlangan kalimalar: #Isfaxon , #Mavlud Chavushog’li , #Eron , #Turkiya

Aloqador xabarlar