Chavusho’g’li, senegallik va iordaniyalik kasbdoshlari bilan uchrashdi

Mevlut Chavusho’g’li IHT tarkibidagi mamlakatlarning TIV yig’ilishi doirasida Senegal Tashqi ishlar va Diaspora vaziri Amadou Ba, Irordaniya Tashqi ishlar vaziri Ayman Safadiy bilan uchrashuv o’tkazdi.

1210885
Chavusho’g’li, senegallik va iordaniyalik kasbdoshlari bilan uchrashdi

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li Saudiya Arabistonining Jidda shahrida uyushtirilgan Islom hamkorlik tashkiloti tarkibidagi mamlakatlarning Tashqi ishlar vazirlari yig’ilishi doirasida Senegal Tashqi ishlar va Diaspora vaziri Amadou Ba, Irordaniya Tashqi ishlar vaziri Ayman Safadiy bilan uchrashuv o’tkazdi.

Tashqi ishlar vaziri Chavusho’g’li yig’ilish o’tkazilgan Kongress saroyidagi mazkur uchrashuvlari haqida Twitter orqali ma’lumot bo’lishdi.  

Iordaniya bilan savdo va iqtisodiy hamkorlikka ijobiy hissa qo’shadigan yangi shartnoma tayyorlash arafasida ekanliklarini belgilab o’tgan Chavusho’g’li,  

“2020-yilning O’zaro madaniyat yili sifatida nishonlanishini xohlaymiz”  dedi.

Chavusho’g’li senegallik kasbdoshi Ba bilan bo’lgan uchrashuvi haqida esa,

Turkiya-Senegal savdo hajmining ikkala mamlakat prezidenti (Rajap Tayyip Erdo’g’an- Macky Sall) ko’zlagan natijani (400 million dollar) berganligini, bundan buyon mazkur raqamni yana-da orttirsh niyatida ekanliklarini eslatib o’tgan holda,

“Mudofaa sanoati, madaniyat va ta'lim sohalarida ham o’z hamkorligimizni rivojlantirishni davom ettiramiz” degan ifodalarga o’rin berdi.



Aloqador xabarlar