Istanbulda 31 mart kuni bo’lib o’tgan mahalliy saylov natijalari bekor qilindi

Turkiya markaziy saylov komissiyasining qaroriga binoan, Istanbuldagi saylovchilar 23 iyun yakshanba kuni shahar merini saylash uchun takror ovoz beradi.

1196379
Istanbulda 31 mart kuni bo’lib o’tgan mahalliy saylov natijalari bekor qilindi

 

Turkiya markaziy saylov komissiyasi Istanbulda 31 mart kuni bo’lib o’tgan mahalliy saylov natijalarini bekor qilish haqidagi qarorni qabul qildi.

Bunga ko’ra, Istanbuldagi saylovchilar 23 iyun yakshanba kuni shahar merini saylash uchun takror ovoz beradi.

Eslatish joizki, hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasi (Ak partiya) 31 martda o’tkazilgan saylovlar natijalari bo‘yicha shikoyat qilgan edi, shuningdek saylov natijalari bo’yicha qonunbuzarlikka yo’l qo’yilganligini ilgari surib, saylov natijalarini bekor qilish va uni qaytatdan o’tkazilishini talab qilgan edi.

E’tirozlarni inobatga olgan markaziy saylov komissiyasi saylov natijalarini bekor qilish va uni qaytatdan o’tkazish to’g’risidagi qarorni ovozga qo’ydi.

Ushbu qaror 7 ta ovozga qarshi 4 ta ovoz bilan qabul qilindi.

31 martdagi saylovlarda Jumhuriyat xalq partiyasi (JXP) va Yaxshi partiya hamkorligidagi Millat ittifoqi blogi nomzodi Ikrom Imomo‘g‘li g‘alaba qozongan edi.

U saylovlarda 48,8 foiz ovoz to‘plab, raqibi – hukmron partiya nomzodi, sobiq bosh vazir Binali Yildirimni ortda qoldirgan edi. 

 



Aloqador xabarlar