Suriyada terroristlarning hujumi oqibatida turk askar halok bo'ldi

““Firot qalqoni” harbiy amaliyotida YPG/PKK terror tashkiloti jangarilarining hujumi oqibatida bir askarimiz halok bo’ldi, 3 askarimiz yengil jarohat oldi”,-deyiladi bayonotda.

1192758
Suriyada terroristlarning hujumi oqibatida turk askar halok bo'ldi

 

Suriyada “Firot qalqoni” harbiy amaliyotida ishtirok etayotgan turk askarlardan biri terroristlarning hujumida halok bo’ldi, 3 askar yaralandi.

Bu haqda Turkiya milliy mudofaa vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

““Firot qalqoni” harbiy amaliyotida YPG/PKK terror tashkiloti jangarilarining hujumi oqibatida bir askarimiz halok bo’ldi, 3 askarimiz yengil jarohat oldi”,-deyiladi bayonotda.

Terroristlar makon qurgan hududlarga aviazarba berilganligi ma’lum qilindi.

“Bizni chuqur qayg’uga solgan voqeada halok bo’lgan aziz shahidimizni Alloh o’z rahmatiga olgan bo’lsin! Motamsaro oilasiga, Turkiya Qurolli kuchlariga va ulug’ turk xalqiga chuqur hamdardlik bildiramiz. Yaradorlarning tezda sog’ayib ketishini tilab qolamiz”,-deya ilova qilinadi bayonotda.

 



Aloqador xabarlar