Turkiya-Suriya chegarasida xavfsiz hudud fe’lan tashkil topgan

Prezidentlik matbuot  xizmati kotibi Ibrahim Kalin, Turkiya-Suriya chegarasida xavfsiz hudud fe’lan tashkil topganini ma’lum qildi.

1186247
Turkiya-Suriya chegarasida xavfsiz hudud fe’lan tashkil topgan

Prezidentlik matbuot  xizmati kotibi Ibrahim Kalin, Turkiya-Suriya chegarasida xavfsiz hudud fe’lan tashkil topganini ma’lum qildi.

Ibrahim Kalin, Prezident Rajab Tayyib Erdo’g’an rahbariyatida bo’lib o’tgan vazirlar mahkamasi yig’ilishidan keyin  matbuoti anjuman uyushtirdi.  

Suriyaning Munbich hududida Turk va AQSh askarlari mushtarak patrul faoliyatlarini  davom etganini va yangi patrul faoliyatlari uchun ham uchrashuvlar davom etganini eslatgan Kalin, Shunday dedi:

“ Idlibda, Afrinda va Jerablusda,  aslida Munbichga qadar  bo’lgan Turkiya- Suriya chegaralari ichida bugunki kunda  xavfsiz bir hudud fe’lan tashkil topgan vaziyatda.  Bu yerda na PKK terror tashkiloti bordir, na DEASh terror tashkiloti bor na ham rejim unsurlari.  Bu yerda xalq o’z imkoniyatlari bilan va Turkiyaning himoyasi bilan xalqaro xalqaro hamjamiyatning himoyasi bilan Ozod Suriya qo’shini va  boshqa Suriyalik unsurlar bilan o’z ma’muriyatini ta’min etmoqda, o’z iqtisodiyotini boshqarmoqda, o’z  ichki imkoniyati bilan bu hududni xavfsiz bir shaklda boshqarishga davom etmoqda.  Buning o’zi katta muvaffaqiyat” ,-dedi u.

Kalin, Iroqda, Suriyada yoki dunyoning  har qanday bir joyida Turkiyaga qarata tahdidlarga qarshi har turli tadbir bundan keyin ham qarorli bir shaklda olinadi deb ta’kidladi.

 


Tanlangan kalimalar: #Vazirla mahkamasi , #Ibrahim Kalin

Aloqador xabarlar