Turkiya prezidenti Erdo'g'anning Moskvaga tashrifi Rossiya matbuotida...

“Turkiyaning S-400 zenit raketa majmualaridan voz kechish niyati yo’q”, deb yozadi RIA Novosti xabar agentligi.

1180129
Turkiya prezidenti Erdo'g'anning Moskvaga tashrifi Rossiya matbuotida...

Rossiya matbuoti Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an bilan Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Moskvada bo’lib o’tgan uchrashuviga keng o’rin berdi.

Shuningdek, Erdo’g’anning S-400 zenit raketa majmualarini xarid qilish qaroridan voz kechmaganligi haqidagi so’zlariga diqqat qaratildi.

Bu haqda RIA Novosti xabar agentligi ma’lum qildi.

“Turkiyaning S-400 zenit raketa majmualaridan voz kechish niyati yo’q” sarlavhasi bilan bergan xabarda, “Erdo’g’an hech kimning o’z davlati severenitetiga aralashishiga yo’l qo’ymasligini va S-400 majmualaridan voz kechmasligini ma’lum qildi”,-degan ifodalarga o’rin berildi.

“Izvestiya” gazetasi esa, Putinning Erdo’g’an bilan keng ko’lamli muzokaralarni amalga oshirganligini va ikki yetakchi qo’shma investitsiya fondini tashkil qilishga kelishib olganligini yozdi.

“Rossiyskaya” gazetasi, ikki yetakchining tomonlar o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan bayonotlariga diqqat qaratdi.

“Putin va Erdo’g’an o’zaro savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy masalalarga alohida to’xtaldi va investorlarning ishlarini qulaylashtirishga va’da berdi”,-deb yozilgan “Rossiyskaya” gazetasining xabarida.

TASS xabar agentligi: “Putin va Erdo’g’an ikki davlat o’rtasidagi hamkorlikni bundan ham rivojlantirishga kelishib oldi” sarlavhali xabarni chop etdi.

Xabarda “Bo’lib o’tgan uchrashuvda S-400 zenit raketa majmualari to’g’risidagi shartnomani amalga oshirish masalasi muhokama qilindi”,-deb yozildi.

 



Aloqador xabarlar