Turkiya Yangi Zellandiyadagi terror hujumini keskin qoraladi

Yangi Zellandiyaning ChristChurch shahrida juma namozi o'qiganlarga qarshi qurolli hujum uyushtirildi.

1164186
Turkiya Yangi Zellandiyadagi terror hujumini keskin qoraladi

Turkiya Yangi Zellandiyadagi terror hujumini keskin qoraladi.

Tashqi ishlar vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, Yangi Zellandiyaning Christchurch shahridagi ikkita jome’ masjidiga qarshi uyushtirilgan hujum oqibatida ko’pchilikning jon berishi va tan jarohat olishi haqidagi xabarning chuqur qayg’u bilan olinganligi qayd etildi. 

“Bu dahshatli hujumni keskin qoralaymiz” degan ifodalarga o’rin berilgan bayonotda, hujumda jon berganlarning yaqinlariga va Yangi Zellandiya xalqiga ta’ziya izhor etildi.

Bayonotda shuningdek,

“Yangi Zellandiya hukumatining bu hujum ustidan tergov ishlarini boshlatishiga va aybdorlarning adolatga topshirishiga ishonchimiz komil. Shu doirada Yangi Zellandiya Bosh vaziri Jacinda Arder bergan bayonot bizni xursand qildi” deyildi.



Aloqador xabarlar