YP a’zolari parlamentning Turkiya haqidagi hisobotini qabul qildi

YP a’zolari parlamentning Turkiya haqidagi hisobotini 109 ovozga qarshi 370 ovoz bilan qabul qilindi.

1163266
YP a’zolari parlamentning Turkiya haqidagi hisobotini qabul qildi

Yevropa parlamenti 2018-yilgi Turkiya haqidagi hisobotida “Turkiyaning Yevropa ittifoqi tarkibiga kirishi uchun olib borilgan muzokara”ning rasmiy ravishda to’xtatilishini talab qildi.   

Gollandiyalik YP a’zosi Kati Piri tomonidan tayyorlangan “2018-yilgi Turkiya haqidagi hisobot” Fransiyaning Strasbourg shahridagi umumiy kengashda ovozga qo’yildi.  

“Yevropa ittifoqining Turkiya bilan bo’lgan muzokarasini rasmiy ravishda keyingiga qoldirish” taklifi o’rin olgan hisobot, 109 ovozga qarshi 370 ovoz bilan qabul qilindi. Parlament a’zolaridan 143 kishi esa qarorsiz qoldi.

Tavsiya mazmunida bo’lib, yuridik kuchga ega bo’lmagan mazkur hisobotda Turkiyaning e’tiroziga yo’l ochgan ko’plab moddaga o’rin berilgan.

Anqara bilan YI o’rtasidagi diplomatik munosabatlar esa Yevropa parlamentining undoviga qaramay davom etmoqda.

Shu doirada YI bilan Turkiya o’rtasidagi eng oliy qaror organi hisoblangan “Sheriklik kengashi” yig’ilishi qariyb 4 yil ortidan ertaga Belgiya poytaxti Bryusselda o’tkaziladi.

Yig’ilishda Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li bilan Yevropa ittifoqi tomonidan oliy vakil Federica Mogherini rahbarlik qiladi.

YI bilan bo’lgan muzokaraning davom etishi jihatidan muhim ahamiyat kasb etgan mazkur yig’ilishga Yevropa ittifoqi kengayish va yaxshi qo’shnichilik masalalari bo’yicha Yevropa komissari Johannes Hahn ham ishtirok etadi.

Tomonlar, mintaqaviy masalalar va o’zaro munosabatlarni keng ko’lamli olaroq qo’lga olish imkoniga ega bo’ladi.

Shuningdek (Turk fuqarolari uchun) vizasiz rejim, Bojxona ittifoqi tartibini qayta ko’rib chiqish, muzokaralardan olingan oxirgi natija, terrorizmga qarshi kurash kabi masalalarning qo’lga olinishi kutilmoqda.

 



Aloqador xabarlar