Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Isroilni aybladi

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahuni 7 yoshdagi falastinlik bolalarni o’ldirganlikda aybladi.

1162703
Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Isroilni aybladi

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahuni 7 yoshdagi falastinlik bolalarni o’ldirganlikda aybladi.

Prezident Erdo’g’an Ankarada o’tkazilgan mitingda xalqqa hitob qilar ekan, Masjid-i Aqsoga hujum qilgan Isroilni qoraladi.

Netanyahuni “Isroilning boshidagi qaroqchi” deb atagan Erdo’g’an: “Ey Netanyahu o’zingni bos! Sen 7 yoshdagi falastinlik bolalarni qatl etgan zolimsan! Sen ayollarni hujralarga mahkum etgan zolimsan! Biz bu mamlakatda musaviylarga hech qachon zulm qilmadik. Yoki sinagoglarga nisbatan siz kabi munosabatda bo’lmadik. Bizni g’azablantirmang! Biz bu nayranglarga aldanmaymiz. Siz bu qilmishingizga yarasha javob berasiz”,-dedi.

“Muborak masjidimizga qilingan har qanday hujum uchun bizga javob berasiz. Tashqi ishlar vaziriga buyruq berdim. U xalqaro maydonda muzokaralarni davom ettirmoqda. Hamma jim bo’lsa ham biz jim qarab tura olmaymiz”,-deya ta’kidlagan Erdo’g’an.

Erdo’g’an Al-Quds islom dunyosi uchun qanchalik ahamiyatli bo’lsa shunchalik e’tibor berilishi kerakligini tilga oldi.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Isroil

Aloqador xabarlar